Matilda Dimovska bilan xayrlashuv uchrashuvi o’tkazildi
28.
07. 2023
12:07
2709
News

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov to‘rt yarim yillik faoliyatidan so‘ng mamlakatimizdagi missiyasini yakunlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska bilan xayrlashuv uchrashuvi o‘tkazdi.

Tomonlar so‘nggi yillarda hamkorlikning samarali va ilg‘or darajasini qayd etdilar. Matilda Dimovska mamlakat rahbariyati tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilayotgan yuksak e’tibor hamda O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va bioxilma-xillikni saqlash sohasidagi global sa’y-harakatlarni rag‘batlantirishda BMT Taraqqiyot dasturining doimiy qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.  



Shuningdek, Dimovska xonim Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi qardoshlik munosabatlarini hisobga olib, Oʻzbekistonning mintaqaviy kun tartibidagi ekologik muammolarga eʼtibor qaratish tashabbusini eʼtirof etdi.  Shu bilan birga, vazir BMT Yevropa atrof-muhit komissiyasining yetakchi ekspertlari ishtirokida atrof-muhit ko‘rsatkichlarining mintaqaviy tahlilini tayyorlash tashabbusini ma’lum qildi. Qolaversa, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham xuddi shunday ekotizim mavjudligini hisobga olib, ekologik standartlarni uyg‘unlashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘ngida A.Abduhakimov M.Dimovskaning o‘tgan davr mobaynida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlik va qo‘shma loyihalar portfelini shakllantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi va unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Useful resources