Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindixona tashkil qilingani aniqlandi
20.
07. 2023
12:50
1733
News

Toshkent viloyati, Chinoz tumani, “Chilmasjid” MFY hududida noqonuniy chiqindixona barpo etilgani ma’lum bo‘ldi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan hududga yangi zamonaviy kameralar o‘rnatildi. Chiqindixonani bartaraf etish maqsadida hudud tunu kun onlayn nazorat qilinmoqda. 

Ma’lumot uchun, Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan qo‘shimcha 200 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Kelgusida butun respublikada 1000 ga yaqin kameralar o‘rnatiladi. Maqsad chiqindilarni duch kelgan joyga tashlab ketish holatlariga butunlay chek qo'yishdir.

Useful resources