2023-yilda daraxt kesish bilan bog'liq 3,6 mlrd. soʻmlik 2 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan
19.
07. 2023
15:34
2826
News

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish va yashil maydonlarni koʻpaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Afsuski, daraxt va butalarni noqonuniy kesish, nobud qilish holatlari ham tez-tez uchrab turibdi. 

Xususan, 2023-yilning 6 oyida mamlakatimizda daraxt va butalarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq jami 2 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan, yetkazilgan zarar miqdori esa jami 3,6 milliardga teng.

Aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan 7 ta jinoyat ishi va 2 055 ta ma’muriy ishlar qoʻzgʻatilib, 1,7 mlrd. soʻmlik zarar undirilgan.

Mazkur holatlarning oldini olish maqsadida Bosh prokuratura tomonidan videorolik tayyorlandi.

Useful resources