2500 dan ortiq kavrak o'simligiga shikast yetkazildi. Hujjatlar prokuraturaga yuborildi
17.
07. 2023
11:22
2572
News

Ekologiya vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi “Bobotog‘” SIU hududida o‘rganish ishlarini olib borgan edi.

O‘rganish davomida “Uzun Oq Machit Agro” MCHJ qo‘shma korxonasiga biriktirilgan tog‘ va tog‘ oldi hududlaridagi o‘rganishlar natijasida tabiiy holda o‘suvchi tojik kavragi o‘simligining 2421 tasi dimlangani, kartonlangani, 81 tasi esa shirasini olish maqsadida kesilganligi ma’lum bo‘lgandi. 

Holat natijasida o‘simlik dunyosiga 40 mln 95 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. 

O'rganish ishlari natijasida to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborildi. 

Unutmang! Bu kabi huquqbuzarliklar qat'iy jazolanadi.

Useful resources