Toshkent viloyatida chiqindi tashlagan yana bir fuqaro jarima to'laydi
04.
07. 2023
15:58
1566
News

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga Toshkent viloyati, Yangiyo'l shahrida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog'liq huquqbuzarlik muhrlandi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan huquqbuzarlikni Yangi bog' MFY hududida fuqaro A. B. sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar 330 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Unutmang! Atrof-muhit uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Useful resources