Fotoqopqonga tushgan buramashoxli echkilar raqsidan zavq oling!
16.
06. 2023
12:39
2040
News

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Surxon" davlat qo‘riqxonasida o`rnatilgan fotoqopqonlarga  morxo‘r va uning bolalari muhrlandi.

Ta'kidlash joizki, morxo'r O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, yo‘qolib ketish arafasida turgan kenja tur hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, “Surxon” davlat qo‘riqxonasida muhofazaga olingan morxo‘rlar soni hozirda 673 boshni  tashkil qiladi. 

Qayd etish kerakki, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni muhofaza qilish yanada kuchaytirildi. Xususan, yaqinda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini  transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun jarima miqdori 10 baravarga oshirildi.

Video: https://youtu.be/pwJYXG5uxjE

Useful resources