Yangiyo'lda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jarima to‘lash bilan birga o’sha joyni o’zi tozaladi
13.
06. 2023
20:15
1976
News

12-iyun kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrining Yangibog‘ MFY hududida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarlik holati qayd etildi. 

Ekologiya vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi Yangiyo‘l shahar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borilganda, ushbu huquqbuzarlik Yangiyo‘l shahar, Fayzobod mahalla fuqarolar yig'ini hududida yashovchi fuqaro N.O. tomonidan sodir etilganligi ma'lum bo'ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 91-prim 1-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Shundan so'ng hududga tashlangan chiqindi huquqbuzar tomonidan tozalandi va unga nisbatan 1 650 000.00 so‘m miqdorida jarima  qo'llanildi.

Hurmatli fuqarolar, unutmang! Tabiatga yetkazilgan har qanday zarar uchun amaldagi qonunchilikda qat'iy jazo choralari belgilangan. Atrof-muhit tozaligi uchun har birimiz mas’ulmiz!

Useful resources