Hisor davlat qo‘riqxonasida qor qoploni fotoqopqonda muhrlandi
13.
06. 2023
11:57
1537
News

Qor qoploni yoki irbis (Panthera uncia) Oʻzbekiston Respublikasining togʻli hududlarida yashovchi noyob turlardan biri va yagona yirik mushuksimonlar oilasiga mansubdir.

Ushbu tur yo'q bo'lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan tur hisoblanib,  Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining “Qizil ro‘yxati” va O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan. 

Qor qoploni tog'larning yuqori qismida yashaydi va dengiz sathidan 2100 dan 4500 metrgacha balandlikda yashaydigan yagona yirik mushuksimonlar oilasiga mansub bo'lib, ko‘pincha tuyoqli hayvonlar, mayda qushlar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

Useful resources