Strategiyada ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga ham katta e'tibor qaratilgani meni quvontirdi.
Xususan, ushbu muhim hujjatda suv resurslarini tejash borasidagi islohotlar doirasida respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, sug‘orish tizimi va suvni tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, har yili 200 million tup daraxt ekib borish va respublikada yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, ekiladigan har bir daraxtni parvarish qilish va sugʼorish tizimini yaratish, Toshkent shahrida yashil maydonlar hududini 5 barobar koʼpaytirib, 5 ming gektarga yetkazish, Respublikada oʼrmon bilan qoplangan maydonlarni 6,1 million gektarga, daraxt va buta urugʼlari tayyorlashni 840 tonnaga oshirish, Orolboʼyi mintaqasidagi oʼrmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish, choʼllanish, qurgʼoqchilik, chang-qum boʼronlari va haroratning koʼtarilishiga qarshi chora sifatida jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” – himoya oʼrmonzorlarini barpo etish, qattiq maishiy chiqindilarni toʼplash va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 100 foizga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizga oshirish, atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish va boshqa muhim vazifalar belgilandi.
Mazkur vazifalar O'zbekiston Ekologik partiyasining biz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolaridan ham faollikni hamda katta mas'uliyatni talab etadi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bir so'z bilan aytganda xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi xohish-irodasini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Javlonbek Abdusattorov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi