Aziz Abduhakimov yordamga muhtoj yoshlar bilan uchrashdi
20.
05. 2023
22:01
2027
News

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Toshkentda yordamga muhtoj va alohida eʼtibor talab etiladigan yoshlar bilan uchrashdi. Unda Yoshlar ishlari agentligi mas'ullari, yoshlar yetakchilari ham ishtirok etdi.

Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida o‘tkazilgan uchrashuv davomida 10 dan ortiq murojaatchilarning muammolari va takliflari tinglandi. Aziz Abduhakimov mas'ullarga har bir muammoni o‘rganish, yoshlarga qonunchilikda belgilangan tartibda yordam koʻrsatish borasida ko‘rsatmalar berdi. 

Shuningdek, vazir mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan alohida uchrashib, muammolarning kelib chiqish sabablarini oʻrganish, kelgusida yoshlar orasida uchrayotgan salbiy holatlarning oldini olish, ularning doimiy bandligini taʼminlashda birgalikda harakat qilish zarurligini taʼkidladi.

Shu bilan birga, mahallalarda yoshlar oʻrtasida qiziqarli ekologik aksiyalar va tanlovlar oʻtkazish taklif qilindi.

Uchrashuv yakunida Aziz Abduhakimov yoshlarga kelgusidagi ishlarida omad tiladi. Qolaversa, har qanday muammoni bartaraf etishda yordam berishga doim tayyor ekanligini bildirdi.

Useful resources