Ohangaron tumanida noqonuniy baliq ovlagan huquqbuzarlar tomonidan tabiatga 531 million so‘mlik zarar yetkazildi
02.
05. 2023
17:16
3404
News

Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan 3 nafar fuqaro noqonuniy baliq ovlagani aniqlandi. 

Boshqarma xodimlari aholi murojaatiga asosan Ohangaron tumanidagi Qayirma qishlog'i hududida reyd tadbiri o‘tkazishdi. Tadbir davomida Ohangaron – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan BA332106 rusumli, davlat raqami 10B920OA bo'lgan avtomobil to‘xtatildi.

 

1991-yilda tug'ilgan fuqaro B.A. boshqaruvidagi avtomobil tekshirilganida B.A. bilan birga 1981-yilda tug'ilgan D.A. hamda 1984-yilda tug'ilgan R.K.lar elektr qarmoq yordamida baliq ovlashgani ma‘lum bo‘ldi. Ular jami og'irligi 48 kg, 2950 dona baliqni nobud qilishgan. Bu orqali tabiatga  531 000 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudi tomonidan hukm chiqarildi. Unga ko‘ra, huquqbuzarlar tomonidan hayvonot dunyosiga yetkazilgan 531 000 000 so‘m miqdoridagi zarar belgilangan tartibda undirilishi belgilandi.

Useful resources