Toshkentda qush va hayvonlar noqonuniy sotilayotgani ma'lum bo‘ldi
01.
05. 2023
17:59
3575
News

Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Olmazor tumani Qoraqamish dahasida reyd tadbiri o‘tkazildi. 



Tadbir davomida fuqarolar S.M. hamda O.H. hududdagi qush bozorida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 32 dona O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi, 6 dona uzun ignali tipratikan va 5 dona saʼva qushini noqonuniy sotishayotgani aniqlandi. Jonivorlar olib qo‘yilib, hayvonot bog‘iga topshirildi. 

Mazkur holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi  (https://lex.uz/acts/97664)bilan tegishli tartibda jarima jazosi qo‘llanildi.

Useful resources