Daraxtlarni asrashga qaratilgan telegram bot ishga tushirildi
25.
04. 2023
02:17
3974
News

Tabiat resurlari vazirligi tomonidan daraxtlarni asrashga qaratilgan telegram bot — @ecogovuz_bot ishga tushirildi. Maqsad aholining e’tiborini daraxtlarni asrashga jalb qilib, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdir.

Telegram bot quyidagi funksiyalardan iborat:
— murojaatni qaysi tilda yuborishni tanlaysiz;
— ism-sharifingiz hamda aloqa uchun telefon raqamingizni kiritasiz;
— murojaat qilinayotgan hududni tanlaysiz;
— shikast yetkazilgan daraxtning joylashuvini (geolokatsiyasi) yuborasiz;
— daraxtga yetkazilgan zarar haqida maʼlumot va ushbu holat aks etgan suratni yuborasiz.

Bot orqali murojaatingizning o‘rganilish holati haqida ham ma’lumot olishingiz mumkin. 

Muhim! O‘z hududingizda daraxtlarga zarar yetkazilayotganligini ko‘rsangiz, @ecogovuz_bot orqali bu haqda xabar bering. 

Unutmang! Ekologiya uchun barchamiz birdek mas’ulmiz.

Useful resources