Oqqoʻrgʻon tumanida ehtiyojmand oilalarga koʻchatlar tarqatildi
20.
04. 2023
11:33
2319
News

Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Oqqoʻrgʻon tumanidagi ehtiyojmand oilalarga koʻchatlar tarqatildi. 

Bunga qadar fuqarolar tomorqasiga ekiladigan pomidor, bulgʻor qalampiri, baqlajon kabi koʻchatlarni bozordan yoki yaqin-atrofdagi issiqxonalardan xarid qilib kelgan. 

Bu gal esa ularning pul sarflashiga hojat qolmadi. “Guliston”, “Suvti” kabi mahallalarda yashovchi oʻnga yaqin xonadon vakillariga daraxt hamda poliz ekinlari koʻchatlari bepul yetkazib berildi. 

Ayni damda ushbu ko’chatlar aholi tomonidan ekilmoqda.

Useful resources