Xorazm viloyati: Noqonuniy baliq
14.
10. 2019
18:59
6895
News

Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri davomida Yangiariq tumani «Chiqirchi» qishlog‘ida yashovchi fuqarolar N.Qazaqov va E.Yo‘ldoshevlar tomonidan leska to‘rlar yordamida Yangiariq tumani «Chiqirchi» qishlog‘i hududidagi «Bo‘riyotoq» tabiiy ko‘l suv xavzasidan noqonuniy ravishda jami 244 dona turli baliqlarni noqonuniy ovlaganligi aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha 6 ta leska to‘rlar ashyoviy dalil sifatida vaqtinchalik saqlash uchun olib qo‘yildi. Holat yuzasidan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 50 mln. 175 ming so‘mni tashkil qildi.

Ushlangan baliqlar viloyat hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida tekshirilib, iste’molga yaroqli deb topilgandan keyin Urganch tumanida joylashgan «Xospis-muruvvat» qariyalar uyiga beg‘araz topshirildi. 

Hozirgi kunda mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, surishtiruv va tergov harakatlarini olib borish uchun to‘plangan hujjatlar Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborildi.
 

Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Axborot xizmati

 


 

 

 

 

Useful resources