Go‘zallik va yangilanish ayyomi — Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
21.
03. 2023
20:58
1926
News

Qadrli yurtdoshlar, barchangizni kun bilan tun tenglashib, ona tabiat ajib bir ko‘rkamlik, fusunkor  manzara kasb etuvchi bugungi go’zallik va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam bilan samimiy tabriklaymiz.

Ona diyorimizda barchamiz orziqib kutadigan bahorning eng go‘zal ayyomi - Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik va osoyishtalik, fayzu baraka, xalqimiz dasturxoniga to‘kin-sochinlik olib kelsin.

 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarimiz barakali kelsin va yurtimizda yashil maydonlar salmog’i tobora ortib, Vatanimiz yanada go‘zal va obod diyorga aylansin.

Boqiy qadriyatlarimiz ulug‘lanadigan Navro‘z tevarak-atrofni saramjon-sarishta etish, toza va ozodalik yumushlarini bajarish, ona tabiatga mehr-muhabbat bilan munosabat bo’lishni targ‘ib etadigan, ezgu an’analarimiz bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ladigan bayramdir. 

Fursatdan foydalanib, bugungi shukuhli kunlarda barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.

 

Yana bir bor Navro‘z  bayramingiz muborak bo‘lsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi jamoasi

Useful resources