Har bir koʻchat parvarishi eʼtiborda 
16.
03. 2023
20:17
2917
News

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qiziltepa tumanida ham mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish orqali yashil hududlarni koʻpaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda koʻchatlarning parvarishi, xususan, sugʻorish tizimini yaratish boʻyicha yoʻlga qoʻyilayotgan ishlar alohida eʼtirofga loyiq. Buni “Qalʼai Azizon” MFYda  olib borilayotgan ishlar misolida ham koʻrish mumkin. 

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov va Navoiy viloyati hokimi Nurmat Tursunov ushbu mahalla hududida ham boʻlib, bu yerdagi ishlar bilan yaqindan tanishishdi. 

Maʼlum qilinishicha, bu yerda yashil maydonni barpo qilish uchun tizimli chora-tadbirlar hayotga tabiq etilmoqda.  Xususan, tomchilatib sugʻorish tizimi yaratilib, agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilmoqda. Bugun 5 gektar yer maydonga ekilgan 6 ming dona manzarali va mevali daraxt koʻchatlarning parvarishi ham shundan kelib chiqib tashkil etildi.

Masʼullar tomonidan joriy bahorgi mavsumda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha atroflicha maʼlumot berildi.

Tabiat resurslari vazirligi Navoiy  viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Useful resources