Shu kunlarda Bangkok shahrida Bazel, Rotterdam va Stokgolm Konvensiyalari tomonlarining 2023-yilda boʻlib oʻtadigan konferensiyasiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha g Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari vakillari ishtirokida yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
15.
03. 2023
15:32
1854
News

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Tabiat resurslari vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya qatnashmoqda.

Yigʻilishda Bazel, Rotterdam va Stokgolm Konvensiyalari tomonlarining 2023-yilda boʻlib oʻtadigan konferensiyasiga tayyorgarlik koʻrish doirasida oʻzaro maslahatlashilgan holda yigʻilish hujjatlarini koʻrib chiqish, qayd etilgan konvensiyalar talablarini bajarish bilan bogʻliq masalalar muhokama etilib, mintaqaviy ustuvorliklar va muammolarni aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Konferensiyada shuningdek mintaqaviy loyihalarni tayyorlashga koʻmaklashish masalalari ham koʻrib chiqilmoqda.

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Useful resources