
Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Peshku tumani inspektsiyasi mutaxassis va inspektorlari tomonidan ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan reyd tadbiri natijasida Peshku tumani «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro J. G‘. tomonidan Romitan tumani cho‘l massivi hududidan yulg‘un o‘simligini noqonuniy ravishda tashib kelayotgan vaqtida Peshku tumani hududida to‘xtatib qolindi.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida jarima hamda 133 800 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar undirildi.
Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Axborot xizmati