Kuni kecha seminar o'z ishini yakunladi.
Dunyo miqyosida yuzaga kelayotgan iqlim oʻzgarishlari, ekologik muammolar jahon hamjamiyatidan birgalikdagi saʼy-harakatlarni amalga oshirishni ham talab qilmoqda. Ushbu seminar ham ana shu kabi maqsadlarni koʻzlagani bilan ham ahamiyatli boʻldi.
Tabiat resurslari vazirligi masʼullari tabiiylikka asoslangan yechimlarni takomillashtirish orqali “yashil shahar” konsepsiyasini ishlab chiqishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining oʻrnini taqdimotlar orqali koʻrsatib berishdi va ushbu loyiha doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida qatnashchilarga maʼlumotlar berishdi.
Seminar davomida ishtirokchilar Tokio shahrining shahar maʼmuriyati vakillari yashil shaharlarning bosh rejasini qanday rejalashtirish mumkinligini Tokio misolida amaliy tarzda koʻrsatib berdilar. Masalan, jamoat parklar, yollar chetida va binolar oldida yomgʻir suvlarini yigʻish va saqlashga moʻljallangan maxsus suv toʻplash havzalarida yogʻingarchilik boʻlmagan paytlarda shahardagi daraxt va butalarni sugʻorishda foydalaniladi.
Seminarda ishtirokchilar oʻzaro almashilgan bilim va tajribalarni amaliyotda qoʻllash yuzasidan kelishib olishdi.
Tabiat resusrlari vazirligi axborot xizmati