Tabiat resurslari vazirligi  Surxondaryo viloyati boshqarmasi   "Ishonch telefon"iga   2023-yil 21-yanvar kuni Qiziriq tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan  “Bandixon ilmiy tajriba stansiyasi” xo‘jaligida mavjud daraxtlar va  bog‘lar noqonuniy kesib ketilmoqda” mazmunidagi murojaat  kelib tushgan.
17.
02. 2023
10:38
2122
News

Mazkur murojaat  Tabiat resurslari vazirligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi  hamda   viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan  tegishli tartibda o‘rganildi.

 Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tizimidagi “Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasi”  hududi ko‘zdan kechirilganda 4 tup o‘suvchanligini yo‘qotmagan katta yoshli chinor daraxtlari noqonuniy ravishda   tag qismi bilan kesib ketilganligi aniqlandi. 

“Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasi” xo‘jaligi mutasaddilarining o‘z ishiga ma’suliyatsizlik bilan  yondashishi natijasida     O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuning 37-moddasi talablari buzilib, 216 000 000 (ikki yuz o‘n olti million)so‘m  miqdorda  o‘simlik dunyosiga zarar  yetkazilgan. 

Holat yuzasidan  to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish  uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilindi.

Tabiat resurslari vazirligi Surxondaryo viloyati  boshqarmasi matbuot xizmati

Useful resources