Shu munosabat bilan bugun Tabiat resurslari vazirligida tadbir tashkil etilib, unda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Tabiat resurslari vazirligining xodimlaridan iborat "Ekologik patrul" guruhlariga hududlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar atroflicha tushuntirildi.
Xususan, olib borilayotgan ekologik reyd jarayonida mavjud obyektlarning ekologik va sanitariya holatini oʻrganish, shuningdek, aholining ekologik madaniyatini yanada yuksaltirish borasida targʻibot va tashviqot ishlarining olib borilishi yuzasidan ham tavsiyalar berildi.
Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati