Jahon banki bilan hamkorlik yoʻnalishlari kengaytiriladi
02.
02. 2023
18:44
2492
News

Tabiat resurslari vaziri A.Abduxakimov  Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Mantovanelli bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida yuz berayotgan dolzarb ekologik muammolarni bartaraf etish boʻyicha  amalga oshirilayotgan dastur va tashabbuslar muhokama qilindi.

Xususan, Jahon banki tomonidan iqlim oʻzgarishi sharoitlarini tahlil qilish, uzoq muddatli dekarbonizatsiya strategiyasini ishlab chiqishda koʻmak koʻrsatish, yer resurslaridan foydalanishni monitoring qilishda biofizik modellash usullaridan foydalanishni joriy qilish, atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurash yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot almashildi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekistonda yashil moliya va yashil iqtisodiyot tamoyillarini tatbiq etish, “Yashil makon” umumilliy loyihasini amalga oshirish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish, ekologik taʼlim va madaniyatni oshirish, shaharlarni yashil rivojlantirish yoʻnalishlarida Jahon bankining ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish takliflari ilgari surildi.

Shuningdek, Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan 153 mln. AQSH dollariga teng  “Oʻrmon landshaftlarini qayta tiklash” investitsiya loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakni boʻyicha M.Mantovanelli 2023-yil oktyabr oyida tashkil etishi rejalashtirilgan BMT Koʻchib yuruvchi yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasida ishtirok etish uchun taklif etildi.  

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Useful resources