Ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi
27.
01. 2023
17:47
2916
News

Bugun Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Аtrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 196-umumtaʼlim maktabida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

 “Аholi va yuridik shaxslarning qattiq maishiy chiqindilarni saralashda ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish” mavzusidagi loyiha doirasida o‘tkazilgan seminarda tumandagi Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, maktab maʼmuriyati hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda  mutxassislar tomonidan chiqindilarni saralash  orqali atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, qattiq maishiy chiqindilarni saralab yig‘ish tizimini tatbiq etish, shuningdek, chiqindilarni saralash jarayonida ahamiyat berilishi lozim boʼlgan jihatlar haqida ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi. Jamoatchilikning ekologik bilimlarini yanada boyitish maqsadida targ‘ibot materiallari tarqatilishi bilan birgalikda chiqindilarni saralashga oid videolavhalar namoyishi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

Useful resources