Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Аtrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Zoologiya instituti olimlari va O‘zbekiston qushlarni himoya qilish jamiyati vakillari Toshkent viloyatida joylashgan Tuyabo‘g‘iz suv omborida O‘zbekiston Respublikasi ochiq suv havzalari suv qushlarining bu yildagi yillik sanog‘ini o‘tkazishdi.
18.
01. 2023
18:29
2823
News
O’rganishlar davomida Tuyabo‘g‘iz suv omborida 13 mingdan ortiq suv qushlari kuzatildi, ularning asosiy qismini yovvoyi o‘rdak va qizilbosh o‘rdak tashkil qildi.
Ahamiyatli jihati shundaki, olib borilgan sanoq kuzatuvi davomida mutaxassislar qizqush, bigiztumshuq hamda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kichik oq qarqara, qoraboshli baliqchi, oq laylaklarga duch kelishdi.
Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati