Hayvonot bog‘idagi sharoitlar o‘rganildi
14.
01. 2023
20:45
2355
News

Shuningdek, bugun Tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari N.Oblomuradov ishchi guruhi aʼzolari bilan birgalikda Toshkent hayvonot bog‘ida ham bo‘lib, bu yerda qishning sovuq kunlarida hayvonlar va qushlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. 

Shu o‘rinda aytish joizki, bugun Toshkent hayvonot bog‘ida ayozli kunlarda ham  jonivorlar uchun kerakli sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu yerda elektr taʼminotini uzluksiz taʼminlash maqsadida generatorlar shay holatga keltirilgan. Jonivorlar  saqlanadigan xonadagi umumiy harorat markaziy isitish tizimi orqali taʼminlanadi.

Sovuqqa chidamli hayvonlar ochiq osmon ostida saqlanmoqda. Jumladan, “Terrarium”, “Yirtqichlar” va “Primatlar” bo‘limlarida yerosti isitish tizimi mavjud. Shuningdek, hayvonlarning toza havoda yurishi, yog‘ingarchilik bo‘lsa, yopiq xonada sayr qilishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. 

N.Oblomuradov hayvonot bog‘ida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish davomida bu yerda noyob hayvonlar va qushlar yashashi uchun qulayliklarni sifat jihatdan yanada yangilash, hayvonot bog‘iga keladigan mehmonlar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Useful resources