Mutaxassis tavsiyasi
Kuzatishlarga koʻra, qish oylarida odatda boʻronlar paytida daraxtlar va butalarga eng jiddiy zarar yetadi. Kuchli shamol aralash yoqqan qor tufayli butun daraxtlar ildiz qismidan qoʻporilishi yoki katta shox-shabbalar sinib ketishi mumkin. Qor yoki muzning ogʻirligidan yosh daraxtlar keskin egilib, sinish ehtimoli ortadi.
Albatta, daraxtlar shoxlaridagi qor va muzlarni silkitib tushirib yuborish orqali ularning shikastlanishi yoki nobud boʻlishining oldini olish mumkin. Lekin bu jarayonda ham eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar bor.
Agar harorat muzlashdan yuqori boʻlsa, muz bilan qoplangan novdalarni sovuq suv bilan purkash muzni eritishga yordam beradi. Biroq, daraxtlar va butalarga qorni va muzni eritaman deb issiq yoki qaynoq suv sepa koʻrmang, zarar yetkazishi mumkin.
Ogʻir, nam qor toʻplanishi ham daraxt shoxlarining sinishiga olib kelishi mumkin. Shoxlarni asrash va qorni osonroq toʻkadigan konus shaklini yaratish uchun qor yoki muz boʻronidan oldin zaif novdalarni bogʻlang. Shoxlardan qorni sekin silkiting yoki qorni supurgi bilan ehtiyotkorlik bilan tozalang. Hech qachon pastga supurmang –egilgan va qayrilib bukilgan novdalarni sindirish xavfi bor.
Agar daraxtda shox sinishi sodir boʻlsa, qish oxirida shikastlangan shoxni asosiy shoxdan ajratgan holda kesib oling. Zararlangan butalarning jozibali, tabiiy shaklini tiklash uchun ularning shikastlangan qismini bahorda kesish yoki butash lozim boʻladi.