SANITAR TOZALASH XIZMATLARI QAMROVI KENGAYMOQDA
11.
03. 2022
16:31
4344
News

Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida 300 ta 12 metr kub. hajmli chiqindi tashish texnikasidan 144 tasini texnika xarid qilish boʻyicha eʼlon qilingan tenderda “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ gʻolib deb topildi.

Mazkur chiqindi tashuvchi texnika yordamida qoʻshimcha 580 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiluvchi 2,0 mln. nafar aholi (respublika aholisining 3 foizi) sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olinishiga erishiladi.

Useful resources