Buxoro bug‘usini muhofaza qilishga bag‘ishlangan uchrashuv
22.
02. 2022
18:55
3108
International cooperation

Joriy yilning 22 fevral kuni Davlat ekologiya qo‘mitasida Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari U. Xalilov hamda Butunjahon Yovvoyi tabiat jamg‘armasining (WWF) Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari G. Mazmanyants bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jamg‘arma (WWF) tomonidan O‘zbekiston Respublikasida Buxoro bug‘usini yangi hududlarga ko‘chirish sohasida hamkorlik qilish, bu borada mutaxassislarning salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda Jamg‘arma (WWF) tomonidan Buxoro bug‘usini yangi hududlarga ko‘chirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshiriladigan loyihani moliyalashtirish imkoniyati bo‘yicha ham fikr almashildi. 2020 yildan buyon Jamg‘arma tomonidan O‘zbekistonda 3 loyiha moliyalashtirilgan va yana 2 ta loyihani moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv yakunida Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Butunjahon Yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources