Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Toshkent truba zavodining ekologik holati bilan tanishdi
18.
02. 2022
15:10
6144
Econadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Toshkent truba zavodining ekologik holati bilan yaqindan tanishish maqsadida mazkur zavodda bo‘ldi.

Shu yerning o‘zida qator loyihalarning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi kelgusida mamlakatimizda chang-gaz tozalash uskunalarni va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozimligini ta’kidladi.

Toshkent truba zavodi faoliyati 2017 yilda qayta tashkil etilgan bo‘lib, eng zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan. U yerda o‘rnatilgan keramik filtrlar yordamida atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlanmalar 99,5 foiz ushlab qolinmoqda. Zavod hududida suv tozalash inshooti ham qurilgan bo‘lib suvdan unumli foydalanish maqsadida ortiqcha tashlanmalarsiz qayta ishlatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi zavodning ekologik holati bilan yaqindan tanishar ekan, zavodning ayrim tsexlaridagi ma’nan va jismonan eskirgan tozalash uskunalarni samaradorligi yuqori bo‘lgan uskunalarga almashtirish, hosil bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalarni tutib qoluvchi uskunalarga yo‘naltiriladigan quvurlarni yangisiga almashtirish, zavodga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va daraxt ko‘chatlari ekish kabi tavsiyalar berdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bugungi kunda Respublikamizda 1 339 ta yirik sanoat va ishlab chiqarish korxonalari tomonidan yiliga o‘rtacha 6,3 mln tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilib, ulardan 5,6 mln tonnasi yoki 86,5 foizi chang-gaz tozalash uskunalari yordamida ushlab qolinmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources