«Orakchi Group» turk kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
16.
02. 2022
09:57
894
News

Davlat ekologiya qo‘mitasida «Orakchi Group» turk kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur kompaniya mashinasozlik sanoatida Turkiyadagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri hisoblanadi.

Uchrashuv davomida ikkala tomon kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsus texnikalar, chiqindi tashish texnikalarini mamlakatimizga olib kelish, sanitar tozalash hamda obodonlashtirish ishlariga jalb qilish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.

Bundan tashqari, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan davlat xususiy sherikchilik tamoyili asosida hududlarni obodonlashtirish, maishiy chiqindilarni aholidan olib chiqish, chiqindilarni saralash hamda qayta ishlash taklifiga «Orakchi Group» kompaniyasi katta qiziqish bildirdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources