
Jizzax viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi qoshidagi «Toza hudud» DUKda hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni tashish, olib chiqib ketish va utilizatsiya qilish ishlarini tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslar bilan qilingan ommaviy shartnomalar asosida aholi tomonidan chiqarilayotgan maishiy chiqindilar qamrovga olingan hududlarda belgilangan jadval asosida «Toza hudud» DUK ning maxsus transportlari tomonidan olib chiqib ketilmoqda. Ammo «Toza hudud» DUK bilan shartnoma qilmay, chiqindilarni belgilangmagan joylarga tashlab huquqbuzarlik holatlarini sodir etayotgan fuqarolar ham oramizda uchrab turibdi.
«Toza hudud» DUK viloyat bo‘limi, viloyat MIB xodimlari va viloyat TRK bilan birgalikda tashkil etilgan reyd davomida chiqindi uchun to‘lovlarni to‘lamay qochib yurgan fuqarolar aniqlanib tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Videorolik ana shu haqida - http://eco.gov.uz/ru/gallery/videoview?id=39 (9 min.; 65 Mb.)