Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida joylashgan «Toza hudud» DUKga tegishli maishiy chiqindilar uchun mo‘ljallangan chiqindixona o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida, sanoat korxonalaridan kelayotgan suyuq kimyoviy chiqindilar qabul qilinganligi va chiqindixona atrofiga, belgilanmagan joylarga tashlanganligi aniqlandi.
Natijada kimyoviy chiqindilarni olib keluvchi sanoat korxonalari bilan shartnomalar bekor qilindi.
Chiqindixona faoliyatini kerakli tartibda tashkillashtirmaganligi uchun:
– Ohangaron tumani Toza hudud DUK raxbariga 10 BXM,
– Ohangaron tumani Toza hudud DUK chiqindixona nazoratchisiga 5 BHM hisobida.
Chiqindixona faoliyatini nazoart qilmaganligi uchun:
– Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasining Ohangaron tumani bo‘limi boshlig‘iga 10 BHM,
– Ohangaron tumani Chiqindilarni nazorat qilish bo‘limi bo‘yicha inspektoriga 5 BHM,
miqdorida tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddasi prim 2, prim 3-moddalariga asosan jarimalar belgilandi.
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati