Toshkent viloyati. Bir dona qimmatbaho daraxt kesilgan, qolganlari saqlab qolindi
31.
01. 2022
20:53
5113
Econadzor

Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 31 yanvar kuni o‘tkazilgan navbatdagi tezkor reyd davomida Toshkent viloyati Oxangaron tumani Eyvalik hududida bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda bir dona qimmatbaho daraxt – qayrag‘och kesilishi bilan bog‘liq holat aniqlandi. Tezkor tadbir davomida 5 ta qayrag‘och daraxtining saqlanib qolinishiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi MJtK 79-modda 1-qismi bilan 1 mln 350 ming so‘m jarima hamda o‘simlik dunyosiga 118 mln 705 ming so‘m zarar hisoblandi.

Ayni damda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Holatga oydinlik kiritilgunga qadar ehtiyot chorasi sifatida huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar vaqtinchalik Oxangaron tumani IIBda ushlab turiladi.

Batafsil ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources