Rasmiy munosabat
25.
01. 2022
21:45
3290
News

Hurmatli yurtdoshlar!

Xabaringiz bor, yurtimiz va qo‘shni mamlakatlarning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Dastlabki o‘rganishlar bu holat umummintaqaviy energiya tizimi doirasida yuzaga kelgan nosozliklar oqibatida kelib chiqqanini ko‘rsatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, vaziyat shaxsan Prezidentimiz nazorati ostida. O‘zbekiston energiya tizimini barqarorlashtirish hamda elektr ta’minoti va boshqa tarmoqlar ishini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida deyarli har daqiqa davlatimiz rahbariga axborot berib borilmoqda.

Shunday ekan, barchangizni xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolamiz. Vahimaga o‘rin yo‘q.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Matbuot xizmati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources