Andijondagi "tungi" daraxtlar kesilishi bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar
16.
01. 2022
09:26
968
Econadzor

Mazkur holat bo‘yicha Andijon viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, Andijon shahar Perinatal markazi hududida 12 tup “eldor qarag‘ayi” daraxtlari moratoriy talablariga zid ravishda noqonuniy kesilganligi qayd etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.02.2020 yildagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining ro‘yxati”ga Eldor qarag‘ayi (Pinus eldarica) juda chiroyli manzarali daraxt sifatida kiritilgan.

Mazkur holatda O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 37-moddasi 2-bandi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2021 yildagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-sonli Farmonining 2-bandi talablari buzilganligi aniqlandi.

O‘rganishlar davomida kesilgan daraxtlarning diametr o‘lchamlari 12 sm dan 40 sm gacha ekanligi, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish natijasida o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi qayd etildi.

Mazkur huquqbuzarlik holati bo‘yicha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyati barcha jamoatchilik vakillariga, jumladan, jurnalist va blogerlarga daraxtlarni muhofaza qilish masalasidagi tezkor yordami uchun minnatdorlik bildiradi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources