«Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi muloqot mohiyati
12.
01. 2022
20:15
1120
News

Mamlakatimizning barcha hududlarida keng nishonlangan yangi yil bayrami «Vatan himoyachilari kuni» tantanalariga ulanmoqda. Xususan, poytaxtimizdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida ham turli tadbirlar bo‘lib o‘tyapti. Maftunkor go‘sha qishda ham yashillik timsoli bo‘lib turibdi. Chor taraf esa saylga chiqqan aholi bilan gavjum.

Bayramlar obod va farovon ellarga yarashadi albatta. Shu ma’noda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i barpo etilishi bilan fayzli maskanlarimiz yana bittaga ko‘paydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yerga ayni paytda minglab odamlar kelyapti.

Bunday vaqtlarda atrof-muhitning ozodaligini saqlash, ekologik osoyishtalikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlari ekopatrul bo‘linmalari bilan hamkorlikda dam oluvchilarga har tomonlama qulay sharoit yaratish uchun muntazam xizmat olib borishyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»dagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan muloqoti «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida tashkil etilgani, ochiq havodagi muhokamaga hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbarlari, inspektorlar taklif etilgani bejiz emas. Yurtimizni ko‘kalamzorlashtirishga va tabiatni asrashga bel bog‘lagan insonlarning yangi yildagi faoliyatini obodlik va ozodalik, landshaft dizaynining yuksak namunasi bo‘lgan hududdan boshlashi tizim xodimlariga o‘ziga xos kuch bag‘ishlashi tabiiy.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources