Shu kunlarda Namangan viloyatida ham bayram kayfiyati davom etmoqda. Bayram tadbirlarini tinch-osoyishta va saranjom-sarishta o‘tkazish maqsadida viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati, Milliy gvardiya bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Jumladan, Namangan shahridagi «Afsonalar bog‘i» aholi dam olish sayilgohida profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida ko‘ngilochar dam olish sayilgohida mazmunli vaqt o‘tkazayotganlarga chiqindilarni belgilangan joylarga joylashtirish, atrof-muhitga extiyotkorona munosabatda bo‘lish va bu borada kelajak avlodga o‘rnak bo‘lishga doir tushuntirish-ogohlantirish ishlari olib borilmoqda.
Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman-shaharlarida faoliyat yuritayotgan dam olish sayilgohlarida, shuningdek, odamlar gavjum bo‘ladigan ko‘chalar va bozorlarda belgilangan tartib asosida o‘tkazilmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati