2021 yilning dastlabki sarhisobi raqamlarda
30.
12. 2021
16:24
3489
Econadzor

Ekologiyaga oid qonunbuzarliklar soni 2020 yilga nisbatan 16 foizga kamaygan bo‘lsa-da, jarimalar miqdori 115 foizga ortdi.

1 856 ta holat bo‘yicha 21,3 mlrd so‘mlik jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish yuzasidan to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga kiritildi.

17 ta holat bo‘yicha 1,9 mlrd so‘mlik da’volar yuzasidan qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Brakonerlikka qarshi kurash tadbirlarida davlat inspektorlar tomonidan jami 6 986 ta huquqbuzarlik holati (o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, noqonuniy baliq ovi) aniqlangan bo‘lib, huquqbuzarlarga nisbatan jami 8,8 mlrd so‘m jarima va 15 mlrd so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan.

Daraxt va butalarni noqonuniy kesgan 4 615 nafar shaxsga 17,2 mlrd so‘m jarima va zararlar belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources