
Mamlakatimizda aholi salomatligini yanada muhofaza etish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, shu orqali hududlarning sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilayati.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspektsiyasi mutaxassislari tomonidan Zomin tumanida olib borilgan nazorat tadbirida iyul oyining uchinchi o’n kunligida 5 ta noqonuniy chiqindixonalar borligi aniqlandi. Jumladan, Zomin tumanining «Mustaqillik» MFY hududida noqonuniy chiqindixona to’planib qolganligini ma’lum bo’ldi. Mahallada noqonuniy chiqindilarningto’planib qolishiga yo’l qo’yganligi uchun «Mustaqillik» MFY raisi Qaynar Mirzaahmedov MJtKning 91 modda prem1, birinchi qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shu o’rinda fuqarolarimizdan yashash joylaridagi maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlab ketmasliklarini iltimos qilamiz. Aks holda tashlangan noqonuniy chiqindilarni tashlab ketganliklari uchun qonuniy jazoga tortilishlari mumkin.