Boshqarma boshlig‘i vazifasidan ozod etildi
16.
12. 2021
22:00
3281
Event

2021 yilning 16 dekabr kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining videoselektor tarzidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari I. Boqijonov boshqargan majlisda qo‘mita tizimida murojaatlar bilan ishlash holati tanqidiy tahlil qilindi. Kun tartibidagi masala yuzasidan hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Alohida ta’kidlanganidek, joriy yilning 11 oyi davomida qo‘mitaga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar jami 6697 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,75 baravar ko‘paygan. Shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “pm.gov.uz” virtual qabulxonasi orqali 4665 ta, og‘zaki shaklda 1215 ta, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma ravishda 817 ta murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarning 5735 tasi qanoatlantirilgan, 814 tasi tushuntirilgan, 204 tasi rad etilgan, 17 tasi taalluqliligi bo‘yicha jo‘natilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan asosan chiqindi tashlanishi yoki ularning vaqtida olib ketilmasligi, o‘simlik dunyosiga yetkazilayotgan zararlar, korxona va tashkilotlarning atrof-muhitni ifloslantirishi, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishga oid masalalar tashkil etadi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 14 nafar mas’ulga nisbatan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilindi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda esa eng ko‘p murojaatlar Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelishi (710 ta yoki jami murojaatlarning 15 foizi) va aksariyatining yechimi belgilangan muddatida ta’minlanmagani, shuningdek, ushbu viloyatda ekologiya sohasiga oid masalalarni ko‘rib chiqishda tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani, bunga birinchi navbatda boshqarma boshlig‘ining mas’uliyatsizligi sabab bo‘layotganini inobatga olgan holda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ta’kidlandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources