Samarqand viloyati. Yirik sanoat korxonalarida o‘rganish ishlari davom etmoqda
14.
12. 2021
12:17
4817
Econadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasining Atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari yirik sanoat korxonalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son Farmoni ijrosi yuzasidan o‘rnatilayotgan chang-gaz tozalash uskunalari, ularning samaradorligini o‘rganish maqsadida Samarqand viloyatida joylashgan asfalt ishlab chiqarishga ixtisoslashgan jamiyatda bo‘ldilar.

Kontseptsiya doirasida yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarda samaradorligi 99,5 foizdan past bo‘lmagan hamda foydalanishda bo‘lganlarida 95 foizdan past bo‘lmagan chang-gaz tutib qolish uskunalarini o‘rnatish belgilangan. O‘rganish ishlari davom etmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources