Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
04.
12. 2021
15:58
4637
Event

Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy ofisi direktori Boris Erg, Mixael Zukkov fondining Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘limi boshlig‘i Yens Vunderlix, «Markaziy Osiyo cho‘llari bo‘yicha tashabbus» loyihasi koordinatori Kristian Velsher bilan uchrashdi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz Ittifoq safiga qo‘shilgan 92-chi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi davlat bo‘ldi.

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining METHlarni boshqarish, tabiatni muhofaza qilish va ekotizimlarni tiklash bo‘yicha yetuk bilim va tajribasidan foydalanilgan holda Tabiatga asoslangan yechimlarni (Nature based solutions) integrtsiya qilish, Global ekologik jamg‘armasi hamda Yashil iqlim jamg‘armasi mablag‘larini jalb qilgan holda Ittifoq bilan qo‘shma loyihalar portfelini kengaytirish va keyinchalik O‘zbekistonda vakolatxonasini ochish imkoniyatlari muhokama qilindi Mixael Zukkov jamg‘armasiga Quyi-Amudare davlat biosfera qo‘riqxonasini YuNESKOning Butunjahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘iga kiritishda amaliy yordami, yovvoyi hayvonlarga zarar yetkazmasdan ularni xavfsiz ko‘chirish maqsadida taqdim etilgan in’ektor uchun minnatdorchilik bildirildi va kelajakda METHlarni boshqarish va salohiyatni oshirish masalalrida hamkorlini davom ettirishga tayyorlik bildirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources