E’lon! Ochiq eshiklar kuni
29.
11. 2021
15:17
3624
Tender

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va jamoat tashkilotlari vakillari!

Aziz yurtdoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazilmoqda.

Agar siz ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishni xohlasangiz, shuningdek, tizimda mavjud muammolarning yechimi bo‘yicha o‘z mulohazalaringizni bayon etishni istasangiz 2021 yil 1 dekabr kuni soat 14-00 da qo‘mitamizga taklif etamiz.

Bizning manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7A-uy (mo‘ljal: «Novza» masjidi).

«Ochiq eshiklar kuni»ga marhamat!

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources