Tayinlov. Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi
08.
11. 2021
19:18
3995
News

Dexkanov Farxod Ergashboevich2021 yilning 4 noyabr kunidan Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

F. Dexkanov 1980 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi.

F. Dexkanov Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining vacancy.argos.uz sayti orqali Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimi bo‘yicha joriy yilning 11 oktyabr kuni e’lon qilingan ochiq tanlov yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, nomzodlar ichida eng yuqori 82,5 ballni to‘plab, Davlat ekologiya qo‘mitasi Tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ijobiy ko‘rsatchilarni egallab, mazkur lavozimga tayinlandi.

F. Dexkanov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources