Dolzarb vazifalar muhokamasi
03.
11. 2021
15:58
1048
News

Bugun, ya’ni 3 noyabr kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. Boqijonov boshchiligida tizim tashkilotlari rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda asosiy e’tibor kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish yuzasidan qo‘mita oldida turgan dolzarb vazifalar atroflicha tahlil qilindi.

Ma’lumki, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish, respublika bo‘ylab jami 75 million dona ko‘chat ekish nazarda tutilgani egologlar amalga oshirish kerak bo‘lgan yumushlar har qachongidan ham ahamiyatli ekanidan dalolat beradi. Shundan kelib chiqqan holda, butun mamlakatimizda joriy yilning 2 noyabridan 10 dekabriga qadar daraxt ekish bo‘yicha «Dolzarb 40 kunlik» e’lon qilingani ekologik xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi yana bir muhim tadbirdir.

Yig‘ilishda ana shu tadbirni hududlar kesimida kampaniyabozlikka, ko‘zbo‘yamachilikka berilib ketmasdan, oqilona amalga oshirishning maqbul mexanizmlarini yaratish, qadalayotgan nihollar hisobini yuritish bilan birga mavjud daraxtlarni xatlovdan o‘tkazishning ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources