Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot anjumani: «Ekologik nazorat reydlarida aniqlanayotgan holatlar va brakonerlikka qarshi kurash»
29.
10. 2021
20:19
4678
Event

O‘tgan 9 oy mobaynida sohaga oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan 34 275 nafar shaxs aniqlandi. 32 mlrd so‘m ma’muriy jarima va tabiatga yetkazilgan zararlar hisoblanib, 16,3 mlrd so‘m undirib olindi.

1365 ta holat bo‘yicha 15 mlrd so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan tayyorlangan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga kiritildi. 12 ta holat bo‘yicha 1,6 mlrd so‘mlik da’volar yuzasidan qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

Huquqbuzarlardan 376 dona hayvon va parranda, 1 900 kg baliq, 49 637 kg dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar, 1520 m³ o‘tin, 45 ta ov qurol va 570 ta aslaxa va boshqa inventarlar olib qo‘yilgan.

Inspektsiya tomonidan 23 ta idoraviy xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar va xodimlarga chora ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar kiritildi va ijroga qaratildi.

Jumladan, Bosh prokuratura, Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Ombudsman) taqdimnomalari, fuqarolar murojaatlari hamda boshqa asoslarga muvofiq Surxondaryo, Jizzax, Navoiy, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar boshqarmalarida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Davlat inspektorlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarlik holatlari 2020 yilning mos davriga nisbatan

– Qoraqalpog‘iston Respublikasida 114 foizga;
– Buxoro viloyatida 112 foizga;
– Qashqadaryo viloyatida 108 foizga;
– Andijon viloyatida 104 foizga;
– Xorazm viloyatida 70 foizga;
– Toshkent viloyatida 74 foizga;
– Jizzax viloyati va Toshkent shahrida 80 foizga o‘sish kuzatilgan.

Respublika bo‘yicha 1 ta inspektor uchun aniqlangan qonunbuzilish holati 25 tani, belgilangan jarima 14,5 mln so‘mni, hisoblangan zarar 9,4 mln so‘mni tashkil etdi.

“Xavfni tahlil qilish nizomi”ga asosan korxonalar faoliyatini tahlil qilish, sohaga oid qonun talablarini buzib faoliyat yuritayotgan korxonalarda vakolatli organ bilan kelishilgan tartibda jami 221 ta tekshirish o‘tkazildi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha:

ChIQINDILARNI NAZORAT QILISh SOHASIDA aniqlangan huquqbuzarliklar soni – 13 982 tani (2020 yil 9 oy davrida 20 605 ta), belgilangan jarima miqdori – 4 570 mln so‘mni (2020 yil 9 oy davrida 3 950 mln so‘m) tashkil etgan.

ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISh SOHASIDA aniqlangan huquqbuzarliklar soni – 10 075 tani (2020 yil 9 oy davrida 7 991 ta), belgilangan jarima miqdori – 2 272 mln so‘mni (2020 yil 9 oy davrida 1 938 mln so‘m) tashkil etgan.

SUV OB’EKTLARINI MUHOFAZA QILISh SOHASIDA aniqlangan huquqbuzarliklar soni – 1 507 tani (2020 yil 9 oy davrida 1 252 ta), belgilangan jarima miqdori – 1 378 mln so‘mni (2020 yil 9 oy davrida 1 099 mln so‘m) tashkil etgan.

ER VA YeR OSTI BOYLIKLARINI MUHOFAZA QILISh SOHASIDA aniqlangan huquqbuzarliklar soni – 3 343 tani (2020 yil 9 oy davrida 3 205 ta), belgilangan jarima miqdori – 5 152 mln so‘mni (2020 yil 9 oy davrida 5 140 mln so‘m) tashkil etgan.

O‘SIMLIK DUNYoSINI MUHOFAZA MUHOFAZA QILISh SOHASIDA aniqlangan huquqbuzarliklar soni – 4 212 tani (2020 yil 9 oy davrida 3 572 ta), belgilangan jarima miqdori – 5 145 mln so‘mni (2020 yil 9 oy davrida 3 756 mln so‘m), o‘simlik dunyosiga yetkazilgan – 11 083 mln so‘mni (2020 yil 9 oy davrida 13 338 mln so‘m) zarar tashkil etgan.

HAYVONOT DUNYoSINI MUHOFAZA MUHOFAZA QILISh SOHASIDA aniqlangan huquqbuzarliklar soni – 510 tani (2020 yil 9 oy davrida 260 ta), belgilangan jarima miqdori – 607 mln so‘mni (2020 yil 9 oy davrida 275 mln so‘m), hayvonot dunyosiga yetkazilgan – 246 mln so‘mni (2020 yil 9 oy davrida 204 mln so‘m) zarar tashkil etgan.

BALIQLARNI NOQONUNIY OVLASh BO‘YIChA aniqlangan huquqbuzarliklar soni – 646 tani (2020 yil 9 oy davrida 658 ta), belgilangan jarima miqdori – 713 mln so‘mni (2020 yil 9 oy davrida 639 mln so‘m), hayvonot dunyosiga yetkazilgan – 989 mln so‘mni (2020 yil 9 oy davrida 1 167 mln so‘m) zarar tashkil etgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources