O‘zbekistonning ko‘p asrlik daraxtlari – foto
27.
10. 2021
12:24
4052
News

‘zbekiston hududida yoshi 100 va undan katta bo‘lgan 4600 dan ortiq daraxt bor. Eng keksa daraxtlar qaysi hududlarda o‘sadi va poytaxtdagi uzoq umr ko‘ruvchilarining ayrimlari qanday ko‘rinishga ega – «Gazeta.uz» fotomaterialida.

Ekologiya davlat qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi (Davbionazorat) ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil bahorida O‘zbekistonda yoshi 100 va undan katta bo‘lgan 4682 tup daraxt bor edi. Ularning ko‘pchiligi Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida o‘sadi va asosan archalardan iborat.

Statistik ma’lumotlar hududlar tomonidan davlat o‘rmon fondiga kiritilmagan 78 tup qimmatbaho daraxt turlarini saqlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori ijrosi doirasida tuzildi. Davlat biologik nazorati rahbari Abdurashid Sodiqov «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, yoshi 100 va undan katta bo‘lgan barcha daraxtlar davlat muhofazasiga olingan, deydi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, daraxtlarning navbatdagi inventarizatsiyasi 2022 yilning bahorida, o‘simliklarning vegetatsiya davrida bo‘lib o‘tadi – shundan keyin qancha daraxt o‘sishda davom etayotgani va qanchasi nobud bo‘lgani ma’lum bo‘ladi.
 

Batafsil – https://www.gazeta.uz/uz/2021/10/27/centurion/

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources