Shveytsariyaning Markaziy Osiyoda suv masalalari bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv
25.
10. 2021
18:16
368
News

2021 yil 25 oktyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekovning Rivojlanish va hamkorlik bo‘yicha Shveytsariya agentligining Markaziy Osiyoda suv masalalari bo‘yicha maxsus  vakil Gi Bonvin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida tomonlar iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini kompleks boshqarish bo‘yicha amalga oshirish rejalashtirilayotgan yangi loyiha to‘g‘risida fikr almashdilar.

Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari tomonidan iqlim o‘zgarishi sohasida va unga bog‘liq holda bioxilma-xillik, ekotizim, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi tashlanmalar miqdorini kamaytirish, shu bilan birga 2019 - 2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi maqsadlari, O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tashkilotlar ishtirokida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq loyihalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Gi Bonvin tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha katta yutuqlarga erishilayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv doirasida tomonlar bayon etilgan loyiha doirasida kelgusidagi hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida kelishib oldilar.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources