Ekonazorat: Xorazm viloyati. Reyd
13.
10. 2021
08:54
4575
Econadzor

2021 yil 12 oktyabr kuni Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan Urganch tuman "Cholish Blok Postida" o‘tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida fuqaro O.Sobirov ISUZU rusumli yuk mashinasida xech qanday tegishli ruxsatnomasiz davlat zaxira yerlaridan tabiiy holda o‘sib turgan saksovul o‘simligini qo‘porib olib kelayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat bo‘yicha fuqaro O.Sobirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 350 ming so‘m jarima hamda 1 mln 512 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources